SITE LOGO

Главная » 2008 » Август » 7 » Xojiboy Tojiboev endi oramizda yo'q. :((
Xojiboy Tojiboev endi oramizda yo'q. :((
3:50 AM
Qiziqchilik olamida o'z o'rniga ega bo'lgan, elimiz suygan so'z ustasi Xojiboy Tojiboev bugun bu foniy dunyoni tark etdi. Uni jigar sirrozi kasalligi olib ketdi. 24 iyul afsuski, o'zbek qiziqchiligi uchun og'ir keldi. Sevimli qiziqchimizni endi faqat audio va video tasmlarda, CD, VCD hamda DVD disklarda qoldir xolos...

U son-sonoqsiz kulgu shinavandalarining ko'nglini zavqqa to'ldirgan. U minglab insonlarni chexrasida tabassum yugurishiga sababchi bo'lgan. Uning birgina kulgusi, jilmayib imo-ishora qilishi muxlislariga olam-olam quvonch bag'ishlagan. 
Bugun 24-iyul kuni, tabarruk 53-yoshida, xalqimizning sevimli san'atkori, beqiyos iste'dod sohibi, O'zbekistonda xizmat ko'rsangan artist, kulgu darg'asi Xojiboy Tojiboev bu yorug' olamni tark etdilar...

Bugun kimdir birinchi farzand kurgani uchun oshno-ogaynilarini yigib hak beryapti, kimdir tug'ilgan kunini nishonlamokda, yana kimdir pul topolmay uyga kaytganidan hafa, kimnikidadir esa aza…

San`atimiz tobora asl san`at ustalarini yukotib bormokda. Umumiy ma`noda aytganda, e' san`atimizga kuz tegmokda, ajal botqog'iga kirib boryaptimikan? Qaysidir san`atkorlarimiz uchun tiriklayin gur kaziyapmiz, umri zavol bulganlarini e`sa bir kundan keyin deyarli eslamayapmiz ham. Hayot ishlari qizik!

Sevimli kulgu ustasi, Uzbekistonda hizmat kursatgan artist Hojiboy Tojiboevni bugun ulim atalmish haqikat oramizdan yo'lib ketdi. Boshqa hech qachon qaytarmaydigan qilib… Bir bahya ham endi uning jonli ravishdagi kulgularidan bahramand bula olmaymiz… Qanchalar og'ir judolik?!

Tojiboevning eng katta yutugi shunda ediki, uning kulgularida shundokkina uz hayotimiz, halqimiz turmushi bor edi! U hakikatan ham halqning muhabbatini chin manoda qozona olgan sanatkor! 
Stadionlarni tuldirib bitta uzi konsert berardi. Hali bu darajaga bironta uzbek kulgu ustasi yeta olmagan! Eng sunggi konsert dasturi oldidan ham Hojiboy akaning sogligi haqidagi nohush habarlar kulogimizga chalingandi. Hatto konserti mahali ham dardini ichiga yutib bulsa-da, muhlislari qalbiga kutarinkilik ulashish uchun ijod kilgani tahsinga arzigulik.

U haqda ancha gapirish mumkin. Yahshi hotirotlar ancha.U yahshi shahs edi. Ochikkungilligi, hushtabiatligi, samimiyligi, hamisha oddiy halq bilan birga bulganligini hech kim yodidan chiqara olmasa kerak. Bugun tushlikdan keyingi habarni eshitib, dong qotib qoldik.

Hojiboy Tojiboev vafot etibdi… Ma`lum bulishicha, bemor jigar sirrozi hastaligi bilan og'ir ahvolda 23 iyul kuni tushlikdan keyin 16-shahar shifohonasiga olib kelingan. Vrachu hamshiralar ham bu shahsning muhlisi ekanligi bois ham, ming karra jon olib, jon berib bemorning ahvolini yahshilashga kirishishdi. Yuq, taqdir chizigidan chikib bulmaydi.

24 iyul, 15.00-16.00 atrofida Hojiboy aka kuzini boshka ochmadi… U foniy dunyo bilan vidolashdi!Hayot g'animat. Hayot fursat. Hayot - bor yuk… Bir-birimizning qadrimizga etish, bir-birimizni kuprok avaylab etishimiz uchun hali ham kech emas!

Sevimli ijodkorning oila a`zolariga, yakin dustlariga saytimiz ijodkorlari va minglab muhlislari nomidan chukur hamdardlik bildiramiz.

P/S: Sunggi malumotlarga qaraganda, Hojiboy Tojiboev tug'ilgan joyi, Tojikiston jumhuriyati, Leninobod tumaniga dafn etildi.

Просмотров: 3071 | Добавил: MASTER | Рейтинг: 3.0/2 |
Всего комментариев: 3
3  
Xojiboy Tojiboev joylarini jannata oxiratlari baxayr bulishini olloxdan surab qolamiz yaxshi inson edila munaqasi kamdankam keladi dunyoda talantlariga qoilman shunchali bizni kuldurganiz kayfiyatni kutarganiz uchun raxmat sizga ))(( joylariz jannattan bersin iloxim .

2  
xaliyam ishonmayman...

1  
Joyiz jannatda bolsin oka biz rozi sizdan, bizga tashlab ketgan sanatiz dunyo turguncha bizlar bilan

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Календарь новостей

«  Август 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Форма входа

Приветствую Вас Гость!

Поиск

Наш опрос

Оцените мой сайт
Всего ответов: 69

Статистика


Онлайнлар сони : 1
Мехмонлар: 1
Фойдаланувчилар: 0
Copyright MyCorp © 2017 |